» » Termizda gaz sizib chiqayotgan xonadonda qamalib qolgan 2 yashar bola qutqarildi

Termizda gaz sizib chiqayotgan xonadonda qamalib qolgan 2 yashar bola qutqarildi


Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida gaz sizib chiqayotgan xonadonda qamalib qolgan 2 yoshli bola viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qutqarildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 4-noyabr, dushanba kuni soat 12:37 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik guruhiga Termiz shahar Alisher Navoiy ko‘chasi 11-uy 16-xonadonda yashovchi fuqaro Iskandar Qurbonovdan murojaat kelib tushgan. Murojaatda fuqaro xonadonining eshigi ichkaridan qulflanib qolib, 2 yashar farzandi uyda yolg‘iz qolganini ma’lum qiladi.

Xabarda aytilishicha, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, uy eshigini ochganda gaz plitasi ustidagi choynak qaynab, olovi o‘chgan va gaz sizib chiqayotgan bo‘lgan.

Boshqarma xodimlari harakati bilan 2 yoshli bola ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan.

Bundan avval Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ko‘p qavatli uylarning birida qamalib qolgan bir yoshli bolakayni qutqargan edi. Oradan ko‘p o‘tmay Navoiy shahrida kelin va qaynona o‘z kvartirasida qulflanib qolgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют