» » Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi


Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi.

Mazkur portal Adliya vazirligining 10 dan ortiq axborot tizimlarini, xususan, “lex.uz”, adliya organlari va muassasalarining rasmiy veb-saytlari, “advice.uz”, “bolahuquqlari.uz” portallarini birlashtiradi.

Portalda Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining o‘quv kurslari haqida ham ma’lumotlar berilgan.

Foydalanuvchilar portaldan Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari, advokatlar va notariuslar xizmatlariga oid e’lonlar, tezkor ishonch telefonlari haqida ma’lumot olishi mumkin. Shuningdek, portalda huquqiy savodxonlikni oshiruvchi yuridik lug‘at va eng zarur huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi ham mavjud.

“Mazkur portal aholining huquqiy ongini yuksaltirishda samarali platforma bo‘lib xizmat qilishi hamda yagona kirish nuqtasi orqali huquqiy axborotni olish uchun qulay imkoniyat yaratishi shubhasiz”, — deyiladi xabarda.

Ushbu portal O‘zbekiston Prezidentning 2019-yil 9-yanvardagi PF–5618-sonli farmonida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqildi va ishga tushirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют