» » O‘zbekistonda milliy huquqiy portal yaratiladi

O‘zbekistonda milliy huquqiy portal yaratiladi


Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Farmonga muvofiq, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — ta’lim muassasasi — tashkilot ? jamiyat” tamoyili bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 1-yanvargacha qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi hamda qo‘shimcha huquqiy ma’lumotlar yetkazish tizimini o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali, shuningdek, 2019-yil 1-iyulgacha aholiga bepul maslahat berish portalini o‘z ichiga olgan “Advice.uz” huquqiy axborot tizimi yaratiladi.

“Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilib, u bilan huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют