» » O‘zbekiston Xitoyga yeryong‘oq eksportini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston Xitoyga yeryong‘oq eksportini yo‘lga qo‘yadi


O‘zbekiston Xitoyga yeryong‘oq eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasida imzolandi. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda. Ushbu ko‘rgazma doirasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida joriy yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston va Xitoy karantin xizmatlari o‘rtasida Xitoyga yeryong‘oq eksport qilishga doir kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvda yeryong‘oqni eksport qiluvchi tadbirkorlar uchun quyidagi asosiy talablar belgilangan:

Belgilangan talablarga rioya etilmagan holda, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar chegara punktlaridan qaytarilishi mumkin.

Talablarga javob beruvchi dala, qadoqlash sexlari va saqlash omborlari egalari eksportchilar ro‘yxatidan joy olish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkin.

Joriy yilning 1—2-noyabr kunlari Xitoy respublikasi davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida O‘zbekistondan Xitoyga yangi uzilgan anorni eksport qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda uchinchi mamlakat hududidan tranzit orqali Xitoyga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan edi.

Shu asosda, eksportyorlar endilikda yeryong‘oqni ham Qozog‘istondan “Xargos” va “Alashankou”, Qirg‘izistondan “Irkeshtam” va “Turgart” chegara o‘tkazish punktlari orqali Xitoyga avtotransportda olib o‘tish mumkin.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar O‘zbekistondan Xitoyga 13 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qilishga ruxsat olingan. Ayni paytda qo‘shimcha ravishda 11 turdagi mahsulot eksportiga ruxsat olish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Xitoyga qovun, anor, uzum va limon eksport qiladi

Xitoyga eksport qilish uchun ruxsat etilgan mahsulotlar qatoridan gilos, qovun, achchiq qalampir, anor, mosh, qobiqsiz grek yong‘og‘i, yeryong‘oq, shirin bodom, achchiq bodom, uzum danaklari, kunjut, shuningdek, quritilgan mahsulotlardan mayiz, o‘rik qoqisi o‘rin olgan.

Mavzuga doir:

Uzum, limon, olxo‘ri, shaftoli, o‘rik, loviya, tariq, shuningdek, quritilgan mahsulotlardan achchiq qalampir, olcha, olxo‘ri, qovun eksporti uchun ruxsat olinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют