» » Andijonda boshlig‘ining dachasini “qurayotgan” qorovul devor tagida qolib o‘lgani voqeasiga aniqlik kiritildi

Andijonda boshlig‘ining dachasini “qurayotgan” qorovul devor tagida qolib o‘lgani voqeasiga aniqlik kiritildi


Andijon viloyati, Qorasu shahar gaz ta’minoti korxonasi “Hududgaz Andijon” MChJda qorovul bo‘lib ishlagan Madaminjon Isroilovning o‘limi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlar yuzasidan “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unda marhum Madaminjon Isroilov shu yilning 21-oktabr kuni, “Hududgaz Andijon” MChJ bosh direktori Davronbek Saloxitdinovga tegishli, Xonobod shahridagi yozgi uyning (dacha) qurilish ishlariga majburan jalb qilinganida, ustiga beton devor ag‘darilishi oqibatida vafot etgani aytilgan.

Hodisa sabablarini aniqlash uchun zudlik bilan “Hududgazta’minot” AJ mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, Madaminjon Isroilovning o‘limi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Xizmat tekshiruvi natijasida, marhum “Hududgaz Andijon” MChJ xodimi emasligi, balki “O‘ztransgaz” AJ gaz ta’minoti tashkilotining “Andijongaz” hududiy gaz ta’minoti filiali bolig‘i Shavkatbek Qodirov va Madaminjon Isroilov o‘rtasida 2017-yil 14-sentabrdagi mehnat shartnomasi tuzilganligi aniqlangan. Marhumning mehnat daftarchasidagi oxirgi yozuv ham 2017-yil 14-sentabr kuni yozilganligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, yozgi uyning mulk huquqi butunlay boshqa shaxslarga tegishli ekanligi ham aniqlangan. Xonobod shahar hokimligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, mazkur obyekt fuqaro D.R.ning (mulk egasining ismi va familiyasi axloq me’yorlarga ko‘ra oshkor etilmagan) shaxsiy mulki hisoblanib, marhumni ishdan bo‘sh vaqtida qurilish ishlariga yollagan.

Shuningdek, Madaminjon Isroilovning yaqin qarindoshlari va do‘stlari bilan suhbat davomida, “Hududgaz Andijon” MChJga nisbatan ularning hech qanday shikoyatlari yo‘qligi ma’lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati Bandlik va mehnat munosabatlari Bosh boshqarmasi tomonidan, mazkur baxtsiz voqeani atroflicha tekshirish uchun maxsus komissiya tuzilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют