» » Oliy sud raisiga matbuot kotib tayinlandi

Oliy sud raisiga matbuot kotib tayinlandi


O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov Oliy sudi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Aziz Abidov 1976-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini xalqaro jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Oliy sudi matbuot xizmatida 2005-yildan faoliyat yuritib keladi. Oliy sud raisining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida Oliy sud matbuot xizmati rahbari sanaladi.

Mavzuga doir: Komil Allamjonov matbuot xizmatlari faoliyatini tanqid qildi

Eslatib o‘tamiz, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi tasdiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют