» » Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi


Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning ishonchli manbasi ma’lum qildi.

Tayinlov haqidagi farmon va Prezident matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 1-dekabr kuni imzolangan.

Komil Allamjonov 1984-yilda tug‘ilgan Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2006-yilda O‘zbekiston Davlat va madaniyat institutini, 2010-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2002—2004-yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligida bosh mutaxassis, Axborot xizmati xodimi sifatida ishlagan. 2004—2005-yillarda Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) axborot xizmatida bosh mutaxassis, 2005—2009-yillarda DSQ axborot xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, 2009—2013-yillarda DSQ axborot xizmati boshlig‘i — qo‘mita matbuot kotibi lavozimlarida ishlagan.

Komil Allamjonov 2017-yil martidan avgustga qadar O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati boshlig‘i Asadjon Xo‘jayevning o‘rinbosari sifatida ishlagan edi.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют