» » APLda oktabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi va murabbiyi aniqlandi

APLda oktabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi va murabbiyi aniqlandi


Angliya chempionatining oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchi va murabbiyi nomi ma’lum qilindi.

“Lester” hujumchisi Jeymi Vardi Premyer Ligada oktabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Angliyalik futbolchi o‘tgan oyda chempionatdagi uchta o‘yinda to‘rtta gol urishga erishdi.

Vardi ushbu sovrin uchun kurashda Jek Grilish (“Aston Villa”), Ilkay Gundo‘g‘an (“Manchester Siti”), Din Henderson (“Sheffild Yunayted”), Yuri Tilemans (“Lester”) va Villian (“Chelsi”) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

“Chelsi” ustozi Frenk Lempard esa oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko‘rildi. Uning jamoasi oktabrdagi uchta o‘yinni umumiy 9:3 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Lempard so‘rovnomada Yurgen Klopp (“Liverpul”), Grem Potter (“Brayton”), Brendan Rojers (“Lester”) va Din Smitlardan (“Aston Villa”) ustun chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют