» » APLda sentabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi va murabbiyi aniqlandi

APLda sentabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi va murabbiyi aniqlandi


Angliya chempionatining sentabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchi va murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi.

O‘tgan oy to‘rt o‘yinda ishtirok etib, beshta golga muallif bo‘lgan “Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang eng yaxshi o‘yinchi deb topildi.

Ushbu sovrin uchun shuningdek, Trent Aleksander Arnold (“Liverpul”), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”), Jon MakGinn (“Aston Villa”), Riyad Mahrez (“Manchester Siti”), Son Hin Min (“Tottenhem”), Rikardu Pereyra (“Lester”) va Kallum Uilson (“Bornmut”) kabi futbolchilar da’vogarlik qilgandi.

Eng yaxshi murabbiy sovrini esa Yurgen Kloppga nasib etdi. Sentabrda germaniyalik mutaxassis boshchiligidagi “Liverpul” uchta o‘yinda uch g‘alabaga erishdi. Klopp esa ketma-ket ikkinchi marta va faoliyatida beshinchi bor ushbu sovringa ega chiqdi.

Undan tashqari Frenk Lempard (“Chelsi”), Brendan Rojers (“Lester”) va Eddi Hau (“Bornmut”) oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют