» » Murabbiysiz qolgan “Bavariya” Bundesliga markaziy o‘yinida “Borussiya D”ni tor-mor keltirdi

Murabbiysiz qolgan “Bavariya” Bundesliga markaziy o‘yinida “Borussiya D”ni tor-mor keltirdi


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan 9-noyabr, shanba kungi o‘yinlar o‘z yakuniga yetdi.

Turning markaziy uchrashuvi “Bavariya” va “Borussiya Dortmund” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Robert Levandovski hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Serj Gnabri myunxenliklarning ikkinchi golini urdi.

76-daqiqada Levandovski yana bir bor sobiq jamoasi darvozasini aniq mo‘ljalga oldi. Oradan ko‘p o‘tmay Mats Hummels avtogol sohibiga aylanib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shundan qilib “Bavariya” 21 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Shuningdek, “Leypsig” Berlinga safar qildi va “Herta” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Shalke-04” esa o‘zida “Fortuna” bilan jangovar durang qayd etdi.

Bundesliga

11-tur bahslari

9-noyabr, shanba

Gol: 0:1 — 41 Maks.

Gollar: 1:0 — 33 Kalijuri, 1:1 — 62, penalti Hennings, 2:1 — 67 Kabak, 2:2 — 74 Hennings, 3:2 — 79 Serdar, 3:3 — 85 Hennings.

Gollar: 0:1 — 30, avtogol Brosinski, 0:2 — 45 Andersson, 0:3 — 51 Andersson, 1:3 — 81 Onisivo, 2:3 — 90+4 Brosinski.

Gollar: 1:0 — 32 Mittelshtedt, 1:1 — 38, penalti Verner, 1:2 — 45 Zabitser, 1:3 — 86 Kampl, 1:4 — 90+1 Verner, 2:4 — 90+2 Zelke.

Gollar: 1:0 — 17 Levandovski, 2:0 — 47 Gnabri, 3:0 — 76 Levandovski, 4:0 — 80, avtogol Hummels

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2019, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют