» » La Liga. “Barselona”da yirik g‘alaba, Messi jarimadan 2 ta qoyilmaqom gol urdi (video)

La Liga. “Barselona”da yirik g‘alaba, Messi jarimadan 2 ta qoyilmaqom gol urdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 13-turidan o‘rin olgan “Barselona”—“Selta” uchrashuvi 9-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Leo Messi penaltidan hisobni ochdi. 42-daqiqada Messi ishlatgan qo‘polligi uchun “Selta” futbolchilari jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Uni esa Olasa kataloniyaliklar darvozasiga joylab qo‘ydi. 45 hamda 48-daqiqalarda esa Leo Messi yana katta sahnaga chiqdi. U bir emas, ikkita jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etib, “Barsa”ning ustunligini ta’minlagan bo‘lsa, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yish 85-daqiqada Serxio Busketsga nasib etdi.

Shu tariqa “Barselona” mazkur g‘alaba orqali ochkolari sonini 25 taga yetkazib, “Real”ga tenglashib oldi.

La Liga

13-tur bahsi

9-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 – 23, (penalti) Messi, 1:1 – 42 Olasa, 2:1 – 45 Messi, 3:1 – 48 Messi, 4:1 – 85 Buskets.

“Barselona” – ter Stegen, Firpo, Umtiti, Semedu (Buskets, 23), Serdji Roberto, de Yong, Artur, Fati (Dembele, 46), Pike, Grizmann (Suares, 73), Messi.

“Selta” – Ruben Blanko, Olasa, Arauxo, Aydu, Junka, Beltran, Diop (Fernandes, 81), Sisto (Mendes, 64), Lobotka (Denis Suares, 76), Malyo, Aspas.

Ogohlantirishlar: Umtiti (25), Messi (40), Beltran (45), Serji Roberto (52), Buskets (88).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют