» » Messi gol urganidan keyin “qo‘ng‘iroq qil” xatti-harakatini kimga yo‘llaganini ma’lum qildi

Messi gol urganidan keyin “qo‘ng‘iroq qil” xatti-harakatini kimga yo‘llaganini ma’lum qildi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Selta”ga qarshi (5:0) La Liga 26-tur o‘yinida kiritgan golidan keyin “qo‘ng‘iroq qil” xatti-harakatini kimga yo‘llaganini tushuntirib berdi, deb ma’lum qilmoqda “Chempionat”.

Argentinalik futbolchi uchrashuvda dubl qayd etgandi. 24-daqiqada Messi hisobni ochdi va maydon markaziga qaytayotganida “qo‘ng‘iroq qil” xatti-harakatini namoyish qildi.

O‘yindan keyin Messi ushbu xatti-harakat unga butun kun davomida qo‘ng‘iroq qilishga uringan, ammo javob olmagan jiyaniga qaratilganini ma’lum qildi, deya aniqlik kiritda AS nashri.

Argentinalik hujumchi Ispaniya chempionati 26-turidan keyin 23 ta gol kiritib, to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. “Barselona” esa 60 ochko bilan turnir peshqadami bo‘lib turibdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют