» » Hindistonda olti nafar bola noma’lum kasallik sabab hayotdan ko‘z yumdi

Hindistonda olti nafar bola noma’lum kasallik sabab hayotdan ko‘z yumdi


Hindiston sharqidagi Odisha shtatida oxirgi ikki hafta ichida noma’lum kasallikka chalingan olti oydan to‘rt yoshgacha bo‘lgan olti nafar bola hayotdan ko‘z yumdi va yetti nafar bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bergan.

Xastalikka chalinish bo‘yicha barcha holatlar Malkangiri viloyatidagi Tamanpalli qishlog‘ida kuzatilgan.

Shifoxonada yotgan bolalarning isitmasi baland, ularda yo‘tal, ko‘ngil aynishi va qusish kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Mahalliy shifokorlar hali kasallikning aniq sababini topa olmagan.

Mavzuga doir: 

Xabarga ko‘ra, kasallangan bolalarning qon namunalari shtat poytaxti Bxunbanesvar shahriga yuborilgan. Mahalliy hokimlik vakillari viloyatdagi shifokorlarga yordam berish uchun malakali tibbiyot xodimlarini kasallik tarqalgan hududga yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют