» » O‘zbekistonda markazlashgan budjet siyosatidan voz kechish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda markazlashgan budjet siyosatidan voz kechish rejalashtirilmoqda


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur qonun loyihasiga asosan respublika budjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa, joylardagi mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, balki vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi.

Deputatlar tomonidan ta’kidlashinicha, joriy etilayotgan yangi amaliyotning yana bir o‘ziga xos jihati — markazlashgan budjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish.

Unga ko‘ra, mahalliy budjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy budjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib, hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shimcha qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq hududlarda qoldiriladi.

Shu kunga qadar O‘zbekistondagi mahalliy hokimliklar o‘z budjetini qabul qilishda hech qanday vakolatga ega emas edi. Shu tariqa, xalq deputatlari mahalliy kengashlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan budjetni qabul qilishdagi mustaqilligi ta’minlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют