» » Mahalliy hokimliklarning o‘z budjetini qabul qilish tartibi o‘rnatiladi

Mahalliy hokimliklarning o‘z budjetini qabul qilish tartibi o‘rnatiladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Davlat budjeti boshqarmasi tomonidan 4-noyabr, dushanba kuni “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Bu haqda palata tomonidan xabar berildi.

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, davlat budjeti daromadlarining soliq turlari bo‘yicha xarajatlarini sohalar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlar mahalliy Kengashlari tomonidan qayta-qayta tasdiqlanishiga barham beriladi.

Qayd etilishicha, shu vaqtga qadar mahalliy hokimliklar o‘z budjetini respublikadan berilgan raqamlar asosida tasdiqlagan. Ular biror raqamni o‘zgartirish vakolatiga ega bo‘lmagan. Mahalliy Kengashlarda budjetni qabul qilish ramziy ma’noga ega bo‘lgan.

Xabar berilishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida mahalliy budjetlarning daromadlarini soliq turlari bo‘yicha hamda xarajatlarini budjet tashkilotlari kesimida mahalliy kengashlar tomonidan belgilanishi o‘z aksini topgan. Bu orqali xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining o‘zlariga tegishli bo‘lgan budjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi ta’minlanadi.

Vazirlik va idoralarning budjetlari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi ularga ajratilgan budjet mablag‘larining natijadorligini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi Qonunchilik palatasi xabarida.

Davlat budjeti daromadlari qismida bo‘layotgan o‘zgarishlar, mahalliy hokimiyat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish orqali soliqqa tortish bazasini kengaytirishga va budjetga tushadigan tushumlarning ko‘paytirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Qarz mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha chegaralarning o‘rnatilishi ushbu mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshiradi hamda davlat budjetining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda 2020-yilda budjet mablag‘lari nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasiga 2020-yilda budjetdan qancha pul ajratilishi ma’lum bo‘ldi

Moliya vazirligi Toshkent viloyati misolida ilk bor “Fuqarolar uchun budjet”ni taqdim etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2019, 01:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют