» » Habib Nurmagomedov keladigan Toshkentdagi MMA oqshomi uchun chipta narxlari ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov keladigan Toshkentdagi MMA oqshomi uchun chipta narxlari ma’lum bo‘ldi


Toshkent shahri 23-noyabr kuni aralash jang san’atlari sport turi bo‘yicha GFC 20 musobaqasiga mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston tarixida ilk marta o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa uchun chiptalar sotuvi boshlangan. Unga ko‘ra, chiptalarga 30 000 so‘mdan 2 500 000 so‘mgacha narx belgilangan.

Chiptalarni “iTicket.uz” sayti hamda “Humo Arena” kassalari orqali sotish yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, musobaqa “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadi. Unga UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov maxsus mehmon sifatida tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi tashkil etilgandi. Otabek Umarov esa uning ilk prezidentiga aylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют