» » Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 27-noyabr kuni Toshkentda yig‘iladi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 27-noyabr kuni Toshkentda yig‘iladi


Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 27-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning so‘zlariga asoslanib, “Kazinform” xabar berdi.

“Avvalroq qo‘shnilarimizni maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkazishga chaqirgandim. Ostonada ana shunday uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvlar turli poytaxtlarda bo‘lib o‘tishini istardim. Bu yilgi Toshkentdagi uchrashuv belgilanganidek 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tishiga umid qilaman”, — dedi Nursulton Nazarboyev.

Nazarboyevning qayd etishicha, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar bor.

“To‘qnashuvlar yuz bermoqda, odamlar halok bo‘lmoqda”, — ta’kidladi u.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018-yil martda Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgan edi.

2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston ishtirokida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalasi muhokama qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют