» » Abdulaziz Komilov Bryusselda Yevropa Ittifoqi vitse-prezidenti bilan inson huquqlariga oid masalalarni muhokama qildi

Abdulaziz Komilov Bryusselda Yevropa Ittifoqi vitse-prezidenti bilan inson huquqlariga oid masalalarni muhokama qildi


12-noyabr kuni Belgiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa Ittifoqi komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“Tomonlar joriy yilda hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, bir qator ikki tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tdi, jumladan, adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va unga oid masalalar, rivojlanish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi kichik qo‘mitalari va O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi hamkorlik kengashining majlislari o‘tkazildi. Yevropa Ittifoqi kengashining siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zolarining Toshkent shahriga tashrifi, shuningdek, Bryussel shahrida O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi parlament hamkorligi qo‘mitasining navbatdagi majlisini o‘tkazish kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Muzokaralar davomida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) matnini tezroq tasdiqlash zarurligi qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion munosabatlarni yanada kengaytirishga alohida ahamiyat qaratiladi, bu esa mamlakat hayotining barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga ham ko‘maklashadi.

Uchrashuvda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqilgan va kelgusi yili siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” muloqoti majlisini o‘tkazishga tayyorlik izhor etilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Orol dengizi fojiasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mamlakatda qat’iy choralar ko‘rilayotganini ta’kidlagan va Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi va O‘zbekistondagi boshqa ekologik loyihalarni Yevropa Ittifoqi qo‘llab-quvvatlayotganidan mamnunligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent joriy yil sentabrda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim (ShHKB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarning 3-raundiga mezbonlik qilagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют