» » Abdulaziz Komilov Dushanbeda Yevroittifoq delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Abdulaziz Komilov Dushanbeda Yevroittifoq delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi


4-may kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jan-Kristof Belliar bilan uchrashdi.  Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holatini muhokama qilish doirasida ikki tomonlama hamkorlikning jadal ko‘rinishi mamnuniyat bilan qayd etildi. So‘nggi olti oy davomida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerinining mamlakatimizga ikki marta tashrib buyurdi va O‘zbekiston rahbariyati bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

2018-yilning yanvar-fevral oylarida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan umumiy savdo aylanmasi 2017-yilning shu davriga nisbatan 12 foizga oshib, 375 million yevrodan ko‘proqni tashkil etdi.

“O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi barcha qo‘shma organlar majlislari tizimli ravishda o‘tkazilmoqda, sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi bitimni yangilash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy muammolarning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbatda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют