» » O‘zbekiston birja bozorida oltin va AI-91 rusumli benzin narxi pasaydi

O‘zbekiston birja bozorida oltin va AI-91 rusumli benzin narxi pasaydi


4–10-noyabr kunlari “O‘zRTXB” AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra, birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllanib bordi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3898,5 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yilgan va shundan 2906,5 tonnasi sotilgan. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,4 foizga pasaygan va bir tonnasi uchun 6 236 800 so‘mni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyundagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 15-avgustdan boshlab AI-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanmoqda.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 11,8 milliard so‘mlik 4544,0 tonna suyultirilgan gaz sotgan. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 4,6 foizga pasayib, bir tonna uchun 2 596 900 so‘mni tashkil etgan.

Qora metall bozorida esa talab o‘sib bormoqda. Xususan, ST 12-35 GS armaturaning narxi 19,5foizga o‘sib, bir tonnasi uchun 5 607 300 ming so‘mni tashkil etgan. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 7,7 ming tonnani tashkil qilgan.

Mavzuga doir: AI-91 rusumli benzinning boshlang‘ich narxi birjada tonnasi uchun 6,37 mln so‘mni tashkil etdi

Oltinning narxi kichik pasayishni ko‘rsatmoqda, so‘nggi savdo haftasida shakllangan birja kotirovkasi 1 gramm oltin uchun 453,0 ming so‘mni tashkil etgan. Haftalik savdo natijalariga ko‘ra, 271,9 million so‘mlik 600 gramm Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют