» » “Adolat” partiyasi “Lukoyl” amaldorining ishchilarni haqorat qilgan videoga munosabat bildirdi

“Adolat” partiyasi “Lukoyl” amaldorining ishchilarni haqorat qilgan videoga munosabat bildirdi


“Lukoyl ” kompaniyasining bosh energetiki Ivan Shilov Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jarquduq gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. O‘zbekistonning “Adolat” partiyasi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi.

“Adolat” SDP xabariga ko‘ra, partiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 13-moddasiga muvofiq, “Lukoyl” amaldorining harakatlarini qonunchilik me’yorlariga zid deb hisoblaydi va kompaniya rahbariyati hamda tegishli davlat organlaridan bu masalaga oydinlik kiritishni so‘ragan.

Videoda rahbar qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratlab, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga hurmatsizlik bildirganini ko‘rish mumkin.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi videoda aks etgan holat yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borish, xizmat vakolati doirasidan chetga chiqqan mansabdor shaxsning jinoiy yoki ma’muriy javobgarlik masalasini muhokama qilish, natijasi haqida ommaga xabar berish zarurligini qayd etgan hamda bu bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining munosabatini so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют