» » O‘zbekistonda muqobil elektr energiya manbalari foydalanuvchilariga soliq imtiyozlarini berish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda muqobil elektr energiya manbalari foydalanuvchilariga soliq imtiyozlarini berish taklif etilmoqda


Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda palataning navbatdagi yalpi majlisiga kiritilayotgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi, deya xabar beradi palata axborot xizmati. 

“Adolat” SDP saylovoldi dasturida energiya hajmini kamaytirish, qat’iy tejash tartibi, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirish, qayta tiklanadigan noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishni asoslash mexanizmlarini ishlab chiqish va tadbiq etish, energiyaning mavjud barcha muqobil turlarini kompleks ravishda rivojlantirish orqali raqobatli energetika bozorini tashkil etishni rag‘batlantirish masalalari qo‘llab-quvvatlanishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, yig‘ilish kun tartibidagi “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 275 va 290-moddalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi fraksiya a’zolarining qizg‘in muhokamalari markazida bo‘ldi.

Mamlakatda muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida qonun loyihasi bilan turar joylarda muqobil elektr energiya manbalaridan foydalanadigan jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilish shaklida imtiyozlar berish ko‘zda tutilayotgani partiya dasturiy maqsadlariga to‘liq mos ekanligi deputatlar tomonidan alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan qonun loyihalari deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda partiya pozitsiyasidan kelib chiqib, ularni mazmunan boyitishga xizmat qiladigan bir qator takliflar bildirildi va fraksiyaning nuqtai nazari belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют