» » Bulung‘urda 1,3 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini qasddan to‘lamaslik holati aniqlandi

Bulung‘urda 1,3 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini qasddan to‘lamaslik holati aniqlandi


Bulung‘urda juda ko‘p miqdordagi soliqlarni qasddan to‘lamaslik holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “F.L.” MChJ rahbari F.B. korxonaga import qilingan juda ko‘p miqdordagi yuqori likvidli tovarlarni naqd pulga sotib, savdodan tushgan naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan, 2018 va 2019-yilning iyul oyiga qadar amalga oshirgan 6,6 milliard so‘mlik tovar aylanmasini soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaslik maqsadida soliq hisobotlarida ko‘rsatmasdan jami, 1,3 milliard so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют