» » Samolyotlardan foydalanishni istamagan Greta Tunberg AQShdan Ispaniyaga katamaranda yo‘lga chiqdi

Samolyotlardan foydalanishni istamagan Greta Tunberg AQShdan Ispaniyaga katamaranda yo‘lga chiqdi


Atrof-muhit himoyachisi shvetsiyalik 16 yoshli ekologiya faoli Greta Tunberg Shimoliy Amerikadan Yevropaga katamaranda suzib bormoqchi. Bu haqda Tunbergning o‘zi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

“Madriddagi COP25 nuqtasiga yetib boradigan bo‘ldim. Menga Virjiniyadan 15 metr uzunlikdagi La Vagabonde katamaranida yo‘lga chiqishni taklif etishdi”, — deya yozgan 16 yoshli Greta.

Greta Tunberg aviatransport tabiatga katta ziyon keltiradi deb hisobalagani tufayli samolyotda uchmaslikni afzal ko‘radi. U Shvetsiyadan AQShga BMT bosh assambleyasida ishtirok etish uchun yelkanli kemada yetib kelgan.

Shvetsiyalik ekologiya faoli tez orada Virjiniyadan Atlatika okeani orqali Yevropa qit’asi tomon yo‘lga chiqadi. U BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan konferensiyasi boshlanguniga qadar Madridga yetib kelmoqchi. Dastlab ushbu xalqaro tadbirning Chilida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, ammo Janubiy Amerika davlatidagi notinch vaziyat sabab konferensiyaning o‘tkazilish joyi o‘zgargan.

Har juma kuni maktabga bormay Shvetsiya parlamenti binosi oldida namoyish o‘tkazgan, BMT bosh assambleyasida nutq so‘zlab dunyo mamlakatlari siyosatchilarini iqlim o‘zgarishlariga befarq bo‘lmaslikka chorlagan bu qiz katamaranda avstraliyalik YouTube-blogerlar Rayli Uilum va Elayna Karaus bilan birga sayohat qiladi. Ular qizaloq ishtirokidagi videolarni ham o‘z bloglarida taqdim qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, bu safar Gretaga britaniyalik professional yaxta ustasi Nikki Xenderson ham hamrohlik qilmoqda.

Katamaran topilishidan avval shvetsiyalik ekologiya faoli ijtimoiy tarmoqlarda Yevropaga yetib olish uchun xavfsiz va har tomonlama qulay transport izlashda ko‘mak so‘ragandi.

Mavzuga doir: BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan qizaloq Greta Tunberg kim va u nimaga erishmoqchi?

Avval San-Fransiskodagi binolardan birining devoriga Greta Tunbergning ulkan portreti chizilishi xabar qilingan. Gollivudning mashhur aktyori Leonardo di Kaprioning shvetsiyalik qiz haqida Instagram’da iliq fikrlar aytib, u bilan birga tushgan suratini yuklagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют