» » “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” texnik nosozlik sabab qisqa muddatga to‘xtab qolgan poyezd yo‘lovchilaridan uzr so‘radi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” texnik nosozlik sabab qisqa muddatga to‘xtab qolgan poyezd yo‘lovchilaridan uzr so‘radi


“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ texnik nosozlik tufayli “Buxoro—Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd qisqa muddatga to‘xtab qolgani uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari.

14-noyabr kuni soat 18:55 da “Buxoro–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 9-sonli “Sharq” poyezdi “Jomboy” stantsiyasida texnik nosozlik tufayli to‘xtadi.

Elektrovozda kuzatilgan nosozlik qisqa muddatda bartaraf qilinib, poyezd o‘z yo‘nalishida harakatini davom ettirgan.

Mavzuga doir: Yaponiya temiryo‘l kompaniyasi poyezdning jadvaldagi vaqtdan 20 soniya oldin jo‘nab ketgani uchun uzr so‘radi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati yuzaga kelgan ushbu noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 369-sonli “Novosibirsk—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi vagon kuzatuvchisi va yo‘lovchi o‘rtasidagi audioyozuv tarqalgan edi. Unda Rossiyada ishlab qaytayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan “chegaradan bosh og‘riqsiz o‘tkazib qo‘yish” uchun pul yig‘ilayotgani aytilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют