» » “U atlasni masxaraboz kiyimi, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qildi”. Bositxonova xonanda Lolaning shov-shuvli klipiga munosabat bildirdi

“U atlasni masxaraboz kiyimi, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qildi”. Bositxonova xonanda Lolaning shov-shuvli klipiga munosabat bildirdi


Xotin-qizlar qo‘mitasi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yo‘ldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan “Sevgingni menga ayt” qo‘shig‘i klipiga munosabat bildirdi.

“Kuni kecha Lola Yo‘ldoshevaning klipi chiqdi. U ‘O‘zbekkonsert’ni litsenziya olib, berish tartibini balki to‘g‘ri tanqid qilgandir. Lekin atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qilib qo‘ygani – bu yigirma beshinchi kadr. Afsuski, buni yana ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan”, – dedi Bositxonava 15-noyabr kuni matbuot anjumanida, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

Mavzuga doir: “Ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelsin”. Lola xonandalarga litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini ko‘rsatuvchi klip ishladi (video)

Avvalroq, xonanda Lola “Sevgingni menga ayt” deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etdi. Ushbu klipda xonandalarga litsenziya beruvchi komissiya faoliyati o‘ziga xos ravishda ochib berilgan.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekkonsert” 14-oktabr kuni Jahongir Otajonovni litsenziyasidan ayirdi. Biroq, 16-oktabr muassasa Jahongir Otajnovni litsenziyasini qaytarib berdi. Shuningdek, oldinroq litsenziyasidan mahrum qilingan san’atkorlar Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ham ijodiy faoliyatini davom ettirishga ruxsat bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют