» » Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) 2020-yilning boshida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik bokschi 2020-yilning 10-yanvar kuni amerikalik Kit Hanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Nyu-Jersi shtati markazi Atlantik Siti shahrida bo‘lib o‘tadi. 12 raunddan iborat jang g‘olibi ayni vaqtda Mario Barrios (25-0, 16 KO) egalik qilayotgan WBA’ning WBA Regular chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Kit Hanter faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 10-jangida u o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Sanjar Rahmonovga (12-2-1, 6 KO) qarshi ringga chiqib, hakamlar qarori evaziga g‘olib chiqqandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют