» » Jismoniy tarbiya universiteti talabalariga stipendiya berilmayotgandi. Oliy ta’lim vazirligi munosabatidan so‘ng boshqa OTMlarda ham shunday muammo borligi ma’lum bo‘ldi

Jismoniy tarbiya universiteti talabalariga stipendiya berilmayotgandi. Oliy ta’lim vazirligi munosabatidan so‘ng boshqa OTMlarda ham shunday muammo borligi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarga stipendiya berilmayotganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat vazirlik tomonidan tezkor ravishda o‘rganib chiqildi. 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.

Universitetda to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga stipendiya tayinlash va berishdagi kechikishlar o‘z navbatida talabalar tomonidan to‘lovlarni turli miqdorda va vaqtda amalga oshirilishi bilan bog‘liq.

Hozirda barcha tashkiliy masalalar yakuniga yetkazildi va to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarning plastik kartalariga stipendiya o‘tkazib berilgan. Stipendiyaning naqd pul qismi esa, 18-noyabr — dushanba kunidan tarqatilishi ma’lum qilindi.

Vazirlik xabariga qoldirilgan izohlardan ma’lum bo‘lishicha, Toshkent moliya instituti, Toshkent yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va poytaxt hamda viloyatlardagi boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham stipendiya tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq muammolar mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют