» » Andijon viloyati hokimi shifokorlarning qasam ichayotganini eshitganida to‘lg‘onib ketishini ma’lum qildi

Andijon viloyati hokimi shifokorlarning qasam ichayotganini eshitganida to‘lg‘onib ketishini ma’lum qildi


Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov faqat tibbiyot oliygohi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida qatnashishi sababini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot instituti bitiruvchilarining Gippokrat qasamini ichib, diplom olishlari “odamni to‘lqinlantirib yuboradi”.

Oliy ta’lim bitiruvchilari orasida faqat tibbiyot institutining bitiruvchilariga o‘zim borib diplom topshiraman. Nima uchun? Ularning ichgan qasamini eshitsangiz, ich-ichingizdan to‘lg‘onib ketasiz.

“O‘zimning salomatligimdan kechib bo‘lsa ham, bemorga butun borlig‘imni bag‘ishlayman”, degan gapini eshitsam, ich-ichimdan yonib ketaman. Borlig‘idan, oilasidan kechib, 10 yillab o‘qish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Bu sohada ishlash ham oson emas.

Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon viloyati hokimi

Mavzuga doir: Andijonda mijozi 7 yil avval gepatit B virusini yuqtirgan stomatologiya mudiri ishdan olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют