» » Aktrisa Gavhar Sharipova harakatlanib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgani oqibatida vafot etgani aytilmoqda

Aktrisa Gavhar Sharipova harakatlanib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgani oqibatida vafot etgani aytilmoqda


Aktrisa Gavhar Sharipova Qashqadaryodagi YTH da vafot etgani xabar qilingan edi. Qashqadaryo viloyat YHXB axborot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, aktrisa yurib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgan va ko‘ngilsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan.

Qashqadaryo viloyat YHXB axborot xizmatining ma’lumot berishicha, voqea 18-noyabrdan 19-noyabrga o‘tar kechasi soat 1:00 da sodir bo‘lgan. G‘uzor tumanining Yorg‘unchi qishlog‘ida harakatlanib ketayotgan avtobusda yo‘lovchi sifatida Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga ketayotgan aktrisa havdovchiga avtobusni to‘xtatishini, tushib qolishini aytgan. Biroq havdovchining ogohlantirishi va avtobus tez harakatlanayotgani haqida ogohlantirishiga qaramasdan avtobus eshigini ochuvchi tugmani bosib, yurib ketayotgan avtobusdan tushishga uringan. Va baxtsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan.

Mavzuga doir: Aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют