» » Crafers “Innovation Awards — 2019” mukofotini qo‘lga kiritdi

Crafers “Innovation Awards — 2019” mukofotini qo‘lga kiritdi


Crafers qandolat fabrikasi VII “Foodex Saudi 2019” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi va faxriy haykalcha bilan birgalikda “Innovation Awards 2019” nominatsiyasi bo‘yicha – Shaftoli va vanil uyg‘unligidagi sutli shokolad “Peach and Vanilla” mahsuloti uchun diplom bilan taqdirlandi.

“Foodex Saudi 2019” oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlari savdo-sotig‘i sohasida biznes-aloqalar va uzoq muddatli hamkorliklarni o‘rnatish uchun samarali maydon hisoblanadi. Ushbu ko‘rgazma 2019-yilning 11-noyabrdan 14-noyabr kuniga qadar Saudiya Arabistonning Jidda shahridagi qirollik oliy hazratlari Shahzoda Faxda bin Mukrina bin Abdulaziz al-Sauda rahnamoligi ostida Forumlar va tadbirlar markazida bo‘lib o‘tdi.

Bu yil ko‘rgazmada 51 ta mamlakatdan 700 dan ortiq kompaniyalar turli sohalar bo‘yicha, shulardan Osiyo, Yevropa va boshqa mamlakatlardan 50 ga yaqin kompaniyalar qandolatchilik sohalari bo‘yicha ishtirok etishdi. Ushbu ko‘rgazmada Crafers o‘zining qandolat mahsulotlarining keng turdagi assortimentlari bilan qatnashdi. Ular shokoladli mahsulotlar, pechenye, vafli, marshmellou va turli turdagi konfet shirinliklaridir.

Ko‘rgazmaning asosiy voqeasi bo‘lib, oziq-ovqat sanoatida eng muhim va innovatsion mahsulot deb tan olingan ishlab chiqaruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘ldi. G‘oliblar bosqichma-bosqich aniqlandi, dastlabki bosqichda turli brendlar mahsulotlari tanlab olindi, ikkinchi bosqichda esa hay’at a’zolari tomonidan tanlab olingan mahsulotlar lazzati tatib ko‘rildi, shu bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari sohasidagi mutaxassislar va ko‘rgazma ishtirokchilari fikrlari to‘plandi. Hakamlar hay’atiga butun jahon bosh oshpazlari uyushmasi prezidenti — Tomas Gugler (Thomas A.Gugler, BAA oshpazlar Gildiyasi prezidenti — Yuv Maykl (UweMichael) va BAA Universiteti doktori – doktor Adel Maxdum (Dr.Adel Makhdoum) boshchilik qilishdi.

Mahsulotlarni tatib ko‘rish xulosasiga ko‘ra, shaftoli va vanil uyg‘unligidagi sutli shokolad 2019-yilning eng innovatsion mahsuloti deb tan olindi va Crafers kompaniyasi “Innovation Awards 2019” diplomi va haykalchasi bilan taqdirlandi. Ushbu mahsulot WDS yuqori texnologik tarmog‘ida shokolad massasini qaynoq to‘ldirma bilan uyg‘unlashtirib, temperlashning murakkab jarayonidan boshlab, qayta qizitib bo‘lmaydigan +10°S dan kam bo‘lgan harorat ostida shokolad massasini muhrlash orqali betakror tarzda ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, ushbu mahsulotning umumiy og‘irligi — 200 gramm bo‘lib, 5 ta plitkalarni o‘z tarkibiga olgan va har biri alohida folgaga o‘ralgan holda qadoqlanishini ta’kidlab o‘tish joiz.

Hakamlar ha’yati tomonidan Crafers’ga nisbatan, o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatayotgan xomashyolarining tabiiyligi, original retseptlari va mahsulot qadoqlarining o‘ziga xos dizaynerlik yechimga egaligi, shu bilan birga, innovatsion baholashning asosiy mezoni bo‘lgan ekologik qadoq ekanligi, uyg‘unlik, xushbo‘ylik, tarkib va barchamizga mashhur bo‘lgan shirinliklar lazzatlari mavjudligi borasida ijobiy fikrlar bildirildi.

“Mukofotlanganlar qatorida Crafers ham bor edi, u ko‘pchilikni nafaqat o‘zining mahsulotlari bilan, balki zamon bilan hamnafas tarzda harakatlanayotgan va taraqqiyot yutuqlaridan zavqlanib kelayotgan mamlakat sifatida, ya’ni O‘zbekiston davlati to‘g‘risidagi tushunchalarning mustahkamlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Crafers shokoladi eng yuqori darajada taqdim etildi va u menga “Godiva” brendiningi Shveysariya sifatini eslatdi”, — deya ta’kidlab o‘tdi, butun jahon bosh oshpazlari uyushmasi prezidenti Tomas Gugler “BAA aholisi uchun Halol standartlariga javob beruvchi mahsulotlarni iste’mol qilish muhim hisoblanadi. O‘zbekistonda zamonaviy tendensiyalar va ta’m va sifat bo‘yicha halol standartlariga javob beruvchi keng ko‘lamli mana shunday qandolatchilik fabrikasi mavjud ekanligi haqida bilib juda xursand bo‘ldim”, — deb izoh berdi, Aman Group tadbirkorlaridan biri.

Crafers erishgan yutuqlari bilan to‘xtab qolmaydi, kompaniya mamlakat iqtisodiyotiga doimiy ravishda hissa qo‘shuvchi va O‘zbekiston Respublikasini xalqaro miqyosda g‘urur bilan namoyish etuvchi qandolatchilik sohasini yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Batafsil ma’lumotlarni (+998 71) 207 7 207 raqami, shu bilan birga, rasmiy www.crafers.uz veb-sayti va Facebook va Instagram sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Facebook

Instagram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют