» » AQSh sobiq davlat kotibi Trampning Ukrainaga nisbatan olib borayotgan siyosatini qoraladi

AQSh sobiq davlat kotibi Trampning Ukrainaga nisbatan olib borayotgan siyosatini qoraladi


AQSh sobiq davlat kotibi Reks Tellerson AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainaga nisbatan olib borayotgan siyosatini tanqid qildi, deb yozmoqda DW.

“Shaxsiy manfaat uchun AQSh aktivlaridan foydalanish noto‘g‘ri harakat. Shu sababli shaxsiy manfaatni ko‘zlab xorij mamlakatlariga Amerika yordamini, qurollar yoki davlat ta’sirini amalga oshirishni taklif qilish xato usul va buni hamma tushunib turibdi”, — deydi Reks Tellerson.

29-avgustda Tramp Ukrainaga harbiy yordam berishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan. Tekshiruv vaqtida barcha mablag‘lar muzlatib qo‘yilgandi.

Keyinchalik Kiyevga yordam ko‘rsatish qayta boshlandi. Sentabr oyida Tramp va Ukraina prezidenti Valdimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon so‘zlashuvi stenogrammasi oshkor bo‘lishi vaziyatni chigallashtirib yubordi.

Mavzuga doir: 

Ushbu so‘zlashuv mazmuni oshkor bo‘lgach AQSh kongressi vakillarining palatasi Trampga qarshi impichment e’lon qilishga qaror qildi.

AQSh prezidentining muxolifati Trampning Zelenskiy bilan suhbat vaqtida uni sobiq vitse-prezident Jozef Baydenning o‘g‘liga nisbatan Ukrainada tergov ishlari o‘tkazishga majburlab ukrainalik hamkasbiga bosim o‘tkazganlikda ayblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют