» » Erondagi norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlarning soni 100 nafardan oshdi

Erondagi norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlarning soni 100 nafardan oshdi


Eronda benzin narxining keskin oshirilishi sabab boshlangan va mamlakatning 21 ta shaharida davom etayotgan norozilik namoyishlarida qurbon bo‘lganlarning soni 106 nafarga yetdi. Bu haqda Amnesty International xabar bergan.

15-noyabrda benzin narxining oshirilgani tufayli boshlangan norozilik namoyishlarida olomon o‘nlab do‘konlar va banklarga tegishli binolarni yoqib yuborgan.

Eron hukumati 19-noyabrda mingdan ortiq odamning hibsga olingani va vaziyat ustidan nazorat o‘rnatilganligini ma’lum qilgan.

Amnesty International ma’lumotiga ko‘ra, namoyishlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 106 nafardan ko‘p bo‘lishi ham mumkin, qurbonlarning kamida 200 nafar ekanligi haqida ham xabarlar tarqalgan. Eron mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra esa noroziliklar oqibatida halok bo‘lganlar soni u qadar ko‘p emas, namoyishlarni bostirish vaqtida 4 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan.

Mavzuga doir: 

Eron butun dunyoda benzin narxi eng past bo‘lgan mamlakatlardan biri. Eronda 15-noyabr kuni benzin narxini uch baravar, ya’ni 1 litr uchun 30 ming rialgacha (0,2 AQSh dollari) miqdorida oshirish haqidagi farmoyish e’lon qilingan.  Eronda aholining norozilik namoyishlari 16-noyabrda hukumatning benzin narxini oshirish haqidagi qarorni imzolagani oqibatida boshlangan. Eron politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun ularga nisbatan o‘qotar quroldan foydalangan. Noroziliklar tufayli 16-noyabr kuni Eronda Internet o‘chirib qo‘yildi. Vashington Eron hukumatining mamlakatda boshlangan noroziliklar tufayli Internetni o‘chirib qo‘ygani uchun keskin qoraladi va namoyishchilar tomonida ekanligini ma’lum qildi. Eron benzin narxi oshgani tufayli moddiy zarar ko‘rgan aholiga ko‘rilgan zararni qoplash uchun subsidiyalar ajratgan. Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy mamlakatda benzin narxining oshishi sabab boshlangan xalq noroziliklarini xorijdagi dushmanlarning fitnasi deb atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют