» » Toshkent viloyatidagi koloniyada jazo o‘tayotgan mahkum boshqa bir mahkumni 2 ming dollarga chuv tushirdi

Toshkent viloyatidagi koloniyada jazo o‘tayotgan mahkum boshqa bir mahkumni 2 ming dollarga chuv tushirdi


Toshkent viloyatidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan B.R. ismli mahkum boshqa bir mahkumning ishonchiga kirib, uni aldagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, B.R. boshqa mahkumning ishonchiga kirib, uni koloniyadan chiqarib yuborish uchun advokatga pora tariqasida pul berish bilan aldab, 2000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan B.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют