» » OAV: Bo‘kadagi koloniyada mahkum boshqa bir mahkumni urib o‘ldirgan

OAV: Bo‘kadagi koloniyada mahkum boshqa bir mahkumni urib o‘ldirgan


Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli Bo‘ka tumanidagi UYa 64/38-sonli koloniyada qasddan odam o‘ldirgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan andijonlik 54 yoshli mahkum M.Q. boshqa bir mahkumni urib o‘ldirgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Bo‘kadagi manzil-koloniyada bu ikki mahkum o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik kundan-kunga kuchayib boravergan. Voqea guvohlarining ma’lum qilishicha, M.Q. telefon orqali bir qiz bilan gaplashib yurgan va bu holatni E.Q. telefon orqali M.ning xotiniga aytgan.

Ziddiyat shundan boshlangan. Kelishmovchilik natijasida M.Q. ketmon uchun yasalgan tayoq bilan E.Q.ning bo‘yin qismiga uch marta urgani natijasida E.Q. vafot etgan.

Jazo muddatini o‘tayotgan vaqtida yana qasddan odam o‘ldirgani uchun mahkumga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют