» » Feruza Sobitova nima sababdan Gavhar Sharipovani uyidan chiqarib yuborganini so‘zlab berdi (video)

Feruza Sobitova nima sababdan Gavhar Sharipovani uyidan chiqarib yuborganini so‘zlab berdi (video)


19-noyabr kuni “Opa-singillar” serialida Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, aktrisa Gavhar Sharipova yuk mashinasi haydovchisi shilqimlik qilgani sabab yurib ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab vafot etgan. Marhumaning yaqin dugonasi bo‘lgan aktrisa Feruza Sobitova uning hayoti, nima sababdan tushkunlikka tushib qolgani va uyidan nega chiqarib yuborgani haqida so‘zlab berdi.

Gavharning hayotida ba’zi bir ishlar bo‘ldi. Moskvaga ketishiga to‘g‘ri keldi, qaytib kelgach, yashashga joyi yo‘qligi sabab menikida yashab yurdi. Juda tushkun holatda bo‘ldi, ruhiyatiga ta’sir qilgandi. Shunaqa gaplar gapirardiki, men qo‘rqib ketardim. Lekin qalbi chiroyli edi, unga bemalol o‘g‘limni tashlab ketardim. Har kuni tug‘ruqxonaga borardi, yonida puli bo‘lmasa ham yozgan she’rlari uchun olgan puliga paketlab narsa olib borardi. Uyga bozor qilib kelmagin desam ham, olib kelaverardi. Judayam qo‘li ochiq, mehribon edi. Farzandli bo‘la olmaganidan siqilardi…

Moskvada ham og‘ir yotib qoldim deb aytib bergandi. To‘shakda yotganimda ham doim she’rlar yozardim, dedi. Xit bo‘lgan ko‘plab qo‘shiqlarning she’rlarini meniki derdi. Sen buni qanaq qilib isbotlaysan, desam, o‘zim bilaman va Alloh biladi derdi. Manzura bilan gaplashgani esimda, u bilan ozgina tortishib qoldi. U yozmagan, lekin urushardi, so‘kardi, duoibad qilardi…

Ko‘p suhbat qilardik, hayotimni qaytadan boshlasam, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ymasdim derdi. Lekin men ko‘p yashamayman Feruz, derdi. Menga ham ko‘p marotaba avtohalokatga uchraysan, deb aytgandi. Iltimos, menga bunaqa gaplarni gapirma, derdim. Keyinroq portallarga bir narsalar yozgani uchun ‘tepadan‘ ‘Nega sizni uyingizda yashayapti?’, degan mazmunda qo‘ng‘iroqlar qila boshlashdi. Shu sabab uni o‘zim uydan chiqarib yubordim.

Oilasida opa-singillari bor, onasi bor. Lekin tez-tez oralarida gap qochib turardi. Rahmatli ko‘p joyga ish so‘rab bordi. ‘Milliy teatr’ga bordi, ‘O‘zbekfilm’ga bordi, lekin uni ishga olishmadi. U ruhan juda zaif bo‘lgani sabab tushkunlikdan chiqib keta olmadi…

Uning katta xatosi — sevgan yorining, do‘stlarining xiyonatini kechira olmadi. Men ham necha yil farzand ko‘rmadim, kechalari yig‘ladim. Keyin shu vaziyatni o‘z holiga qo‘yvordim. Gavharga ham shunday qil dedim. Orada avtohalokatga uchrab, miyamdan jarohat oldim. Nevropatologim homilador bo‘la olmayotganimga miyam sabab bo‘lganini aytdi. Davolanishdan keyin hammasi joyiga tushib, uch oydan keyin homilador bo‘ldim. Hammasi yaxshilikka. Juda mehribon ayol edi, bir oilani gullatadigan ayol edi…

Feruza Sobitova, aktrisa

Mavzuga doir: “Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinasidan o‘zini tashlagan”. Gavhar Sharipovaning o‘limi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют