» » Qashqadaryoda litsenziyasiz faoliyat yuritish bilan bog‘liq 3,5 mingdan ortiq holat aniqlandi

Qashqadaryoda litsenziyasiz faoliyat yuritish bilan bog‘liq 3,5 mingdan ortiq holat aniqlandi


Qashqadaryo transport boshqarmasi va viloyat YHXB hamkorligida o‘tkazilgan 1355 ta qo‘shma reyd tadbirlarida 3617 ta litsenziyasiz faoliyat yuritish holati aniqlangan. Bu haqda viloyat transport boshqarmasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Qayd etilishicha, haydovchilar 294 ta holatda yuk tashish qoidasini buzgan bo‘lsa, 3323 ta holatda litsenziyasiz yo‘lovchi tashigan.

Natijada 3456 ta rasmiylashtirilgan ma’muriy ishlarda 3420 nafar haydovchiga nisbatan 1 milliard 596 million so‘m jarima qo‘llangan. Qolgan 1512 ta ma’muriy ish bo‘yicha huquqbuzar haydovchilarga nisbatan belgilangan muddatlar berilib, litsenziya varaqasi olganligi munosabati bilan ogohlantirish asosida ma’muriy ish tugatilgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida litsenziya oluvchi haydovchilardan 834 million 909 ming so‘m yig‘im, 6 milliard 537 million so‘mlik davlat boji undirilgan.

O‘tgan yilning shu davrida viloyatda 9 069 ta litsenziyalangan transport vositasi mavjud bo‘lsa, ayni kunda bu ko‘rsatkich 10 993 tani ko‘rsatmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 194 ta yo‘lovchi tashuvchi tashkilotning 2472 ta avtomobili sariq rangga bo‘yalib, bugungi kunda shahar va shahar atrofida faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida 7 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning 8 ta litsenziyasi va 75 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning 107 ta litsenziya varaqalari litsenziya talab va shartlarining buzganligi uchun 10 ish kuniga to‘xtatilgan.

Ma’lumot uchun, viloyatda ayni kunlarda 345 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 100 tasi avtobus, 245 tasi yo‘nalishli taksiga tegishli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют