» » Andijonda noqonuniy odam va yuk tashigan haydovchilarga nisbatan 1,6 mlrd so‘m jarima qo‘llandi

Andijonda noqonuniy odam va yuk tashigan haydovchilarga nisbatan 1,6 mlrd so‘m jarima qo‘llandi


“O‘zavtotrans” agentligining Andijon mintaqaviy boshqarmasi 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida yuk va yo‘lovchi tashish bilan noqonuniy shug‘ullanuvchilarni fosh etish maqsadida 1161 ta reyd o‘tkazdi. Natijada 1235 nafar haydovchiga ma’muriy jazo qo‘llandi. Bu haqda agentlikning mintaqaviy boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Viloyat soliq va IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reydlarda 3895 ta bayonnoma rasmiylashtirildi, 3530 ta hujjat viloyat ma’muriy sudiga yuborildi. Sud 1235 nafar haydovchiga nisbatan 1 milliard 682 million 658 ming so‘m jarima qo‘llash bo‘yicha qaror chiqardi.

84 nafar haydovchining ishi bo‘yicha sayyor sud majlisi o‘tkazilgan.

Xususan, sayyor sudda ishi ko‘rilgan Andijon shahrida yashovchi Qodirbek G‘ofurov shaxsiy avtomobilida Yangi bozordan Jahon bozoriga yo‘lovchi tashish bilan litsenziyasiz shug‘ullangan. U bir oy ichida litsenziyani rasmiylashtirish zarurligi haqida ogohlantirilgan va ma’muriy jazodan ozod etilgan.

Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlog‘ida yashovchi Shuhrat Usmonov esa ma’muriy jazoga tortilgan. U Nexia rusumli avtomobilida doimiy ravishda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan va buning uchun soliq to‘lamay yurgan. Sud hukmiga asosan u bir oy ichida 2 million 25 ming so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют