» » Eronda internetning bloklangani oqibatida mamlakat Telegram kanallaridagi ko‘rishlar soni keskin tushib ketdi

Eronda internetning bloklangani oqibatida mamlakat Telegram kanallaridagi ko‘rishlar soni keskin tushib ketdi


Eronda 15-noyabrda hukumatning benzin narxini oshirish to‘g‘risida chiqargan farmoyishidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari oqibatida mamlakat hududida internet o‘chirib qo‘yilgan. Internetning o‘chirilishi va mobil aloqa sifatining pasayishi barcha sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Telegram messenjeridagi kanallarda ko‘rishlar soni ham keskin kamaydi. Jumladan, “ir.tgstat.com” ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Telegram kanallaridagi ko‘rishlar soni 9 barobarga qisqargan. Jami 35 mingta kanalda 1,3 milliardgacha bo‘lgan ko‘rsatkich 150 million bo‘lib qolgan.

Namoyishlar boshlanishi va internet o‘chirilishidan avval kundalik ko‘rishlar soni 350 mingni tashkil etgan bo‘lsa, telekommunikatsiya xizmatlari uzib qo‘yilganidan keyin ko‘rsatkich 75 mingga tushib ketgan.

Eron hukumati internet xizmatlarini qayta yoqish ishlarini boshlab yuborgan. Aloqa mamlakatning janubiy qismida joylashgan Hurmozgon viloyatida qayta tiklangan, aholida Instagram hamda WhatsApp messenjerlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Mavzuga doir: 

Eronda aholining norozilik namoyishlari 16-noyabrda hukumatning benzin narxini oshirish haqidagi qarorni imzolagani oqibatida boshlangan. Eron politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun ularga nisbatan o‘qotar quroldan foydalangan. Noroziliklar tufayli 16-noyabr kuni Eronda internet o‘chirib qo‘yildi. Vashington Eron hukumatining mamlakatda boshlangan noroziliklar tufayli internetni o‘chirib qo‘yganini keskin qoraladi va namoyishchilar tomonida ekanligini ma’lum qildi. Eron benzin narxi oshgani tufayli moddiy zarar ko‘rgan aholiga ko‘rilgan zararni qoplash uchun subsidiyalar ajratgan. Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy mamlakatda benzin narxining oshishi sabab boshlangan xalq noroziliklarini xorijdagi dushmanlarning fitnasi deb atagan. Keyinchalik Eronning 21 ta shahridagi norozilik namoyishlarida qurbon bo‘lganlarning soni 106 nafarga yetgani, Erondagi norozilik namoyishlari vaqtida politsiya qo‘lga tushirgan bezorilar o‘t qo‘yilgan har bir bino uchun 60 AQSh dollari miqdorida mukofotga ega bo‘lganini tan olgani xabar qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют