» » Bangladeshda o‘smirlarning norozilik namoyishlari sabab mobil internet tezligi pasaytirildi

Bangladeshda o‘smirlarning norozilik namoyishlari sabab mobil internet tezligi pasaytirildi


Bangladesh hukumati mamlakatda mobil internet tezligini pasaytirish haqida qaror qabul qildi. “Kommersant”ning yozishicha, bunga o‘smirlarning tartibsizliklarga aylanib ketgan norozilik namoyishlari sabab bo‘lgan.

Namoyishlar yo‘llarda harakat xavfsizligi zarur darajada ta’minlangani bois ikki o‘smir yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganidan so‘ng boshlangan edi.

Norozilik namoyishlari oqibatida 100 dan ortiq kishi tan jarohati oldi, hukumat esa mobil telefonlar orqali internetdan foydalanishni murakkablashtirish to‘g‘risida hujjat chiqardi.

Bangladeshda telekommunikatsiya tarmog‘ini tartibga solish uchun mas’ul komissiya vakilining tasdiqlashicha, hukumat haqiqatan ham 3G va 4G xizmatlarini 24 soatga o‘chirib qo‘yish haqida buyruq chiqargan.

Agence France-Presse agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu buyruq norozilik namoyishlarida qatnashayotgan yoshlar o‘z harakatlarini muvofiqlashtira olmasliklari uchun chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют