» » Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28-noyabrda O‘zbekistonga keladi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28-noyabrda O‘zbekistonga keladi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28-noyabr kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar berdi O‘zA.

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishini ko‘rib chiqadi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Turkmaniston prezidenti 29-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini har yili Navro‘zda o‘tkazishni taklif qildi

Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida Shavkat Mirziyoyev Urganchda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashgan edi. 2018-yilning aprelida esa ikki mamlakat prezidentlari “Ichan qal’a” hamda Nurillaboy majmuasini ziyorat qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют