» » Minalarni izlab topuvchi GM-bakteriyalar yaratiladi

Minalarni izlab topuvchi GM-bakteriyalar yaratiladi


Biologlar minalarni izlab topuvchi GM-bakteriyalarni joriy qilmoqchi. Bu borada Raytheon korporatsiyasi ish boshlagani ma’lum qilinmoqda. Aytilishicha, olimlar tuproqda portlovchi modda ko‘milganini aniqlaydigan va bu haqda fluoressensiya orqali signal bera oladigan irsiy o‘zgartirilgan bakteriyalarni olish ustida izlanmoqda.

Zamonaviy urushlarning barchasidan juda xatarli meros qoladi. Bu — juda katta yerlarni egallovchi mina maydonlaridir. Uzoq va yaqin o‘tmishda bo‘lib o‘tgan urushlardan qolgan minalar esa har yili o‘nlab tasodifiy kishilarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Basharti, minani hech kim bosib olmagan va portlamagan taqdirda ham, u tuproq ostida zanglab, chirib, atrof-muhit ekosistemasiga zarar keltirishi mumkin. Minalashtirilgan maydon eskirgani sari uning tashlandiq joyga aylanib qolishi va vaqti kelib bu xatarli joy haqida hech kim qayg‘urmay qo‘yishi ehtimoli ham yo‘q emas. Bunday yashirin yotgan xatarni topishning esa o‘zi bo‘lmaydi, albatta.

Avvalroq olimlar bunday minalarni qidirish va topish uchun hasharotlardan foydalanish taklifi bilan chiqqan edi. Endilikda AQSh mudofaa tadqiqotlari agentligi — DARPA buyurtmasiga ko‘ra, Raytheon korporatsiyasi minalarni topa oladigan GM-bakteriyalarni ishlab chiqishga kirishgani xabar qilinmoqda. Bu haqda ushbu tashkilot saytida paydo bo‘lgan press-relizda bayonot berilgan.

Rejaga ko‘ra, ikki xil GM-shtammlarini yaratish maqsad qilingan. Ulardan biri tuproqning kislorod yetishmaydigan ichki qatlamlarida ham yashay oladigan va portlovchi moddalarni sezuvchan bakteriya bo‘ladi. Portlovchi modda aniqlanganda bu bakteriya o‘zidan qandaydir signal molekulasi ishlab chiqarishi kerak. Yuzaroqda yashaydigan ikkinchi shtammlar esa pastdagi “sherigidan” chiqayotgan signal molekulalarini tutadi va bunga javoban fluoressensiya (ya’ni, yog‘du) chiqara boshlaydi va uni uchuvchisiz apparatlar, dronlar orqali payqash va keyinchalik o‘sha joyni minadan tozalash mumkin bo‘ladi.

“Ayrim bakteriyalarni portlovchi moddalarni topa oladigan qilib “qayta dasturlash” mumkinligini allaqachon bilamiz. Biz mikroblarning tuproq ostiga qanday yetib borishi va keyin yuzadan oson payqasa bo‘ladigan lyuminessensiya chiqarishi imkoniyatlarini o‘rganyapmiz”, — deydi ushbu yangi loyiha rahbarlaridan biri Alison Taggart.

Muzaffar Qosimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют