» » O‘zbekistondagi tijorat banklari fuqarolarga 5,9 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratdi

O‘zbekistondagi tijorat banklari fuqarolarga 5,9 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratdi


2019-yilning 10 oyi davomida O‘zbekistondagi tijorat banklari tomonidan 41 ming nafar jismoniy shaxsga 5,9 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga (3,7 trillion so‘m) nisbatan 37 foizga ko‘p.

Ajratilgan ipoteka kreditlarining eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari (1 178 milliard so‘m) Toshkent shahri, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ajratilgan kreditlarning kamayish tendensiyasi esa Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida kuzatildi.

Ajratilgan ipoteka kreditlarining 99,0 foizi (5 848 milliard so‘m) birlamchi bozorga, 1,0 foizi (61,0 milliard so‘m) ikkilamchi bozorga yo‘naltirilgan.

Ipoteka kreditlar tarkibida imtiyozli asosda yillik 7—16 foizlarda ajratilgan kreditlar ulushi 82 foizni, 17—20 foizlarda 14,1 foizni, 20 dan yuqori foizlarda ajratilgan kreditlar ulushi esa 3,9 foizni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют