» » “Narxoz” 5 kunlik o‘qish tizimi joriy qilingani haqidagi xabarga izoh berdi

“Narxoz” 5 kunlik o‘qish tizimi joriy qilingani haqidagi xabarga izoh berdi


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 25-noyabrdan boshlab o‘qish haftasi besh kunlik etib belgilangani haqida xabar berilgan edi. Universitet axborot xizmati mazkur xabarga izoh berdi.

Universitet tomonidan ma’lum qilinishicha, ta’lim muassasasida 2019-yil 25-noyabrdan boshlab besh kunlik ta’lim tizimiga o‘tish belgilangan. Bunda talabalar haftaning besh kuni davomida nazariy bilimlarni oladi, haftaning shanba kunida mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanadi.

Universitet axborot xizmati “Xalq so‘zi” tomonidan berilgan ma’lumot noto‘g‘ri talqin etilganini ta’kidlamoqda. Ma’lum qilinishicha, universitetda faqat yakshanba dam olish kuni hisoblanadi, shanba esa mustaqil ta’lim kuni etib belgilangan.

TDIU tomonidan ma’lum qilinishicha, talabalarning kiyinishi bo‘yicha erkinlik berilgan, ammo universitet jamoatchilik kengashi va talabalar tomonidan ma’qullangan ichki tartib-qoidalariga rioya qilinishi zarurligi belgilab qo‘yilgan. “Albatta, bunda talabalik odobiga rioya qilgan, ta’lim dargohi — madaniyat o‘chog‘i ekanligini yoddan chiqarmagan holda kiyinish tavsiya etilmoqda”, — deyiladi universitet xabarida.

Qayd etilishicha, bu “Xalq so‘zi” ta‘kidlaganidek, universitet talabasi istalgan kiyimda o‘qishga kelishi va darslarda ishtirok etishi mumkin, degani emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют