» » IIBB haydovchi va YPX xodimi o‘rtasida sodir bo‘lgan mojaro yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi (video)

IIBB haydovchi va YPX xodimi o‘rtasida sodir bo‘lgan mojaro yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi (video)


Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida sodir bo‘lgan tortishuv borasidagi video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

2019-yil 14-oktabr kuni IIBB YHXB xodimi Toshkent shahri Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi “Qo‘yliq” bozori qarshisida xizmat olib borayotib, Damas rusumli avtoulovda yo‘l harakati qoidalarining 9-bandi talabini bajarmasdan, ya’ni xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib kelayotgan haydovchini to‘xtatib, haydovchidan transport vositasining hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan.

Haydovchi esa hujjatlarni taqdim qilishdan bosh tortib, YPX inspektoridan xizmat guvohnomasini va dislokatsiyasini ko‘rsatishni talab qilgan. YPX inspektori joylashuv dislokatsiyasini ko‘rsatmagani uchun haydovchi YPX inspektoriga bo‘ysunmasdan huquqbuzarlik sodir bo‘lgan joydan ketib qolgan.

“Shu kuni tasdiqlangan joylashuv taqsimotiga ko‘ra, YPX inspektori 1-navbatga “THAY—Tolariq” ko‘chalari chorrahasiga jalb qilingan. Xizmatini yakunlab, batalyon bazasiga borgan va ish natijalari hamda dislokatsiya ko‘chirmasini guruh komandiriga topshirgan. Ammo “Qo‘yliq” bozori oldida tirbandliklar yuzaga kelganligi sababli batalyon komandirining ko‘rsatmasiga asosan guruh komandiri tomonidan qo‘shimcha dislokatsiya qilinib, shaxsiy tarkib yordamchi kuch sifatida “Qo‘yliq” bozori oldida xizmat o‘tashga jalb qilingan”, — deyiladi ma’lumotda.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli qarori ilovasi 1-bobi 9-bandi talablariga asosan:

Qaror ilovasining 4-bobi (“Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari”) 18-bandiga muvofiq, yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:

Qaror ilovasining 19-bandiga muvofiq yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagilarga majbur:

Qarorda YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan yo‘l harakati qatnashchisiga shu joyning o‘zida inspektorning xizmat olib borishi dislokatsiyasi ko‘chirmasi ko‘rsatilmagan taqdirda haydovchi transport vositasini boshqarishda belgilangan hujjatlarni (transport vositasini qayd etish guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi, sug‘urta polisi, yuk hujjatlari), shaxsini tasdiqlovchi (haydovchi transport vositasini haydovchilik guvohnomasisiz boshqargan hollarda) hujjatlarni YPX xodimiga taqdim etmasligi belgilanmagan.

Inspektor va haydovchining mazkur vaziyatdagi barcha xatti-harakatlarining qonuniyligi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

“Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan shahrimizning yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borayotgan barcha chora-tadbirlar faqatgina insonlarning salomatligi va hayotini saqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Toshkent shahar IIBB YHXB sizlarni yo‘llarda doimo qoidalarga rioya etib harakatlanishga chaqiradi”, — deyiladi IIBB xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют