» » O‘zbekistonda urush va mehnat frontining har bir qatnashchisi munosib qutlanadi

O‘zbekistonda urush va mehnat frontining har bir qatnashchisi munosib qutlanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan Xotira va Qadrlash kuni (9-may)ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlarini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

“Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi”, — deyiladi hujjat matnida.

“Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy me’zoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”, — deya qayd etiladi hujjatda.

“Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiorlari ostida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhga bosh vazir Abdulla Aripov rahbar etib belgilangan.

1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a’zolariga moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar vakillari biriktiriladi. Ularning rahbarlari esa ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va ko‘nglini ko‘tarish maqsadida ularning yashash joyiga tashrif buyuradi.

Dasturda yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish hamda o‘z uy-joyiga ega bo‘lmaganlariga turar joy ajratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish davomida 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ko‘rsatgan matonati, mardlik va jasorati ahamiyatini keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tushuntirish, targ‘ib va tashviq etish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlar o‘tkaziladi.

1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O‘zbekiston Prezidenti nomidan bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshiriladi.

Viloyat, shahar va tumanlarning ko‘cha va maydonlari Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan plakat va stendlar bilan bezatiladi. Bayram dasturxonlari tuzaladi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillari qo‘shiq va musiqalari qo‘yiladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 9-may kuni soat 21:00 da bayram salyutini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют