» » “Milan” o‘z maydonida “Napoli”ni ham yuta olmadi, “Inter”da esa g‘alaba (video) 

“Milan” o‘z maydonida “Napoli”ni ham yuta olmadi, “Inter”da esa g‘alaba (video) 


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi 13-turi doirasida 23-noyabr, shanba kuni ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy bahsi Milanda kechdi. Unda “Milan” Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mehmonlar safida Irving Losano hisobni ochgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib, Jakomo Bonaventura hisobni tenglashtirdi.

Antonio Konte boshliq “Inter” esa safarda “Torino”ni 3:0 hisobida yengdi. Gollarga Lautaro Martines, Stefan de Vrey hamda Romelu Lukaku mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Inter” ochkolari sonini 34 taga yetkazib, “Yuventus”dan bir ochko kam jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

A Seriya

13-tur bahslari

23-noyabr, shanba

“Milan” — “Napoli” 1:1

Gollar: 0:1 – 24 Losano, 1:1 – 29 Bonaventura.

“Torino” — “Inter” 0:3

Gollar: 0:1 – 12 Martines, 0:2 – 32 de Vrey, 0:3 – 55 Lukaku.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 03:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют