» » A Seriya. “Inter” so‘nggi daqiqalarda gol urib g‘alabani ilib ketdi

A Seriya. “Inter” so‘nggi daqiqalarda gol urib g‘alabani ilib ketdi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 12-turi doirasida 9-noyabr, shanba kuni Antonio Konte boshliq “Inter” o‘z maydonida “Verona”ni qabul qildi.

O‘yinning 19-daqiqasida Verre penaltidan gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 65-daqiqada Matias Vesino hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 83-daqiqada Nikolo Barella “Inter”ning g‘alaba goliga muallif bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Inter” ochkolarini 31 taga yetkazib oldi. Va 1-o‘ringa ko‘tarildi. “Verona” esa 15 ochko bilan 9-o‘rindan joy olib turibdi.

A Seriya

12-tur bahsi

9-noyabr?, shanba

Gollar: 0:1 — 19 (penalti) Verre, 1:1 — 65 Vesino, 2:1 — 83 Barella.

“Inter” — Handanovich, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Biragi (Kandreva, 63), Barella, Latsaro (D’Ambrozio, 85), Vesino, Brozovich, Martines (Espozito 81), Lukaku.

“Verona” — Silvestri, Alan Emperor, Rraxmani, Gyunter, Faraoni, Lazovich, Amrabat, Verre (Henderson, 63), Pessina, Dzakkani (Tutino, 50), Salsedo (Stempinski, 84).

Ogohlantirishlar: Brozovich (32), Dzakkani (35), Martines (42), Barella (84).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют