» » Ohangaronda bojxonachilar 41 dona yangi iPhone 11 Pro ’ni musodara qildi

Ohangaronda bojxonachilar 41 dona yangi iPhone 11 Pro ’ni musodara qildi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir davomida Ohangaron tumanida fuqaro S.O. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtoulov to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi.

Natijada avtoulov yukxonasida yo‘lovchi fuqaro T.Z. tomonidan tegishli hujjatlarsiz, umumiy qiymati 1 milliard 36 million so‘mlik 41 dona uyali aloqa telefoni va 795 dona qo‘l soati olib ketilayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют