» » Jizzaxda 100 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi mahsulotlarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi

Jizzaxda 100 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi mahsulotlarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi


Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqarolar J.A., S.O. hamda M.Sh. to‘xtatilib, ularning yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Natijada ushbu shaxslarga tegishli bo‘lgan sumkalarda umumiy qiymati 51 million so‘mlik 600 dona shampun va 2402 dona gigiyenik dezodarant borligi aniqlangan.

Shuningdek, tadbir davomida yana bir qonunbuzarning qing‘ir qilmishi fosh etilgan.

Do‘stlik tumanida harakatlanib ketayotgan, tezkor kuzatuvga olingan Isuzu rusumli yuk avtoulovi to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazilgan.

Natijada avtomashina yukxonasida fuqaro B.N.ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 62,3 million so‘mlik 49 dona televizor borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют